Korxona haqida

MA`SULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT “VEK”

 

KORXONA HAQIDA     

MChJ “VEK” 1994 yildan buyon O`zbekiston polimerlar bozorida faol ish yuritib kelmoqda. Korxona qurilish, bo`yoq, tekstil, mebel va poligrafiya sanoatlarida ishlatiladigan suv asosidagi polimer dispersiyalar ishlab chiqarish sohasida mutaxassislashgan. Unda ishlab chiqarilayotgan polivinilasetat dispersiyasi asosida import o`rnini bosa oladigan turli xildagi yelimli kompozitlar tayyorlanmoqda. Korxona o`z maxsulotlari uchun plastmassa idish ishlab chiqarish bazasiga ega. Xozirgi kunda MChJ “VEK” ning turli xildagi yuqori sifatli, zamonaviy talablarga mos keluvchi mahsulotlari iste`molchilar tomonidan keng xarid qilinmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kichik va o`rta biznesni rivojlantirishga yaratilgan qulay  shart-sharoitlar tufayli, 2010 yilda korxona eng zamonaviy asbob uskunalar va Yevropa sifat standartlari darajasini ta`minlay oladigan xay-tek moslamalar o`rnatish hisobiga o`zining ishlab chiqarish bazasini to`la yangilashga erishdi. Natijada stirol akril dispersiyasi va uning sopolimerlarini ishlab chiqarishga qaratilgan, belgilangan funksional xususiyatli va Evropa ekologik talablariga javob bera oladigan eng zamonaviy ishlab chiqarish tizimi yo`lga qo`yildi. Korxonaning asosiy maqsadi mahsulotlarning yuqori sifatli bo`lishini ta`minlashdan iboratdir. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, texnologik jarayonlarni maksimal tarzda avtomatlashtirish, chiqarilayotgan barcha mahsulotlar sifatini mumtazam tarzda nazorat qilish imkonini yaratmoqda. Yangi o`lchov asboblari o`rnatilgan maxsus laboratoriyada xom-ashyoning sifati, ishlab chiqarilayotgan maxsulotning filtrlashdan avvalgi va keyingi oraliq tekshiruvi hamda tayyor maxsulotning 100%li sifat tekshiruvi amalga oshirilmoqda. Laboratoriya maxsulot sifatini o`nlab parametrlarda, jumladan, nam singishi, suv singishi, bug` o`tkazishi, ishqalanishga chidamliligi va boshqa ko`rsatkichlar bo`yicha avtomatik tarzda kuzatib bormoqda. Korxonaning yuqori malakali mutaxassislari mijozlarning mavjud bo`lgan dispersiyalarni yangilash yoki ularning yangi turlarini ishlab chiqarish bo`yicha qilayotgan talablariga tezkorlik bilan javob bermoqdalar.

MChJ  “VEK”  buyurtmachilarning  yangi  talabnomalarini  qondirish imkoniyatiga  egadir.

  

DISPERSIYA

Uzacryl M20

Batafsil

PVA YELIMI

PVA M

Batafsil

PVA(D) YELIMI

PVA(D) VP

Batafsil

PVA YELIMI

PVA U 33

Batafsil

Site Login