PVA V

PVAD V YELIMI

 

Polivinilasetat dispersiyasi (PVAD) – bu turli sohalarda qo`llaniladigan keng doirali mahsulotdir. U o`zida solishtirma og`irligi 1.1 g/sm3 bo`lgan, bir xil ko`rinishdagi quyuq oq suyuqlikni namoyon qiladi. Suv asosidagi vinilasetatning emulgator va polimerizatsiya reaksiyasi tashabbuskori ishtirok etgan, plastifikatorli yoki plastifikatorsiz polimerizatsiyasi mahsuloti hisoblanadi.

O`zining universal adgezion va bog`lash xususiyati, eskirishga chidamliligi, yuqori yopishishi va ekologik mahsulot bo`lgani tufayli, polivinilasetat dispersiyasidan sanoat, qurilish va ro`zg`orda keng qo`llaniladi. Shuning uchun ham uni “mingta imkoniyatlar” mahsuloti deb bejizga aytishmagan.

Kimyoviy tarkibi

Suv asosli plastifikatorsiz polivinilasetat dispersiyasi

 

Xususiyatlari

― Yelimlanadigan materiallarga oson surtiladi

― Qatlamning shaffofligi va yuqori egiluvchanligi

― Yuqori yopishishqobiliyati

― Egiluvchan yelimli chok hosil qiladi

― Mexanik qorishtirishlarga barqaror

― Suv va ishqorga chidamli

― Zaharli emas, quriganidan so`ng qatlam o`zidan zararli moddalar chiqarmaydi

 

Mahsulot tarkibi

PVAD V yelimining TSh 64-15329272-01:2003 (№1,2,3,4 O`zg. bilan) va GOST 18992-80 bo`yicha asosiy texnik ko`rsatkichlari.

Tashqi ko`rinishi

Zarrachalar o`lchami 1—3 mkm.li, quyqa va boshqa qo`shimchalarsiz bo`lgan oq rangli quyuq suyuqlik. Tashqi yupqa qatlam ruxsat etiladi.

Qattiq modda tarkibi

49 %

Dispersiyaning dinamik quyuqligi

1.0 - 4.0 mPa•s

pH ko`rsatkichi

4.7 – 6.0

Sovuqqa chidamliligi, davr, (muzlashi - erishi) kam emas

Sovuqqa chidamli, 4 davr (muzlashi va kelgusi erishidan so`ng tarkib o`zgarmaydi)

Suyultirilgandan so`ng cho`kishi

5 %

Yelimlash qobiliyati

450 (0.4) kgs/sm

Plastifikator

Ishtirok etmagan

 

Qatlam tarkibi                               

Qatlamning tashqi ko`rinishi

Shaffof

Egiluvchanlik

Yaxshi

Ishqalanishga qarshilik

Yuqori

Yorug`likka chidamlilik

Mustahkam

 

Qo`llash sohalari           

PVAD V quyidagilarni tayyorlashda universal bog`lovchi hisoblanadi:

― Turli xildagi teri va attorlik buyumlarini (ayollar sumkasi, hamyonlar va boshqalarni) tayyorlashda yelim sifatida

― Qog`oz, karton, yog`och, fanera va ip gazlama matolarga yelim sifatida, gofrakarton va yog`och, karton va qog`ozdan yasalgan idish va o`ramlar ishlab chiqarishda, hamda etiketkalarni (oziq-ovqat sanoatidan tashqari) yopishtirishda

― Suvli emulsiya bo`yoqlarida bog`lovchi sifatida

― Kraxmallash vositalarini ishlab chiqarishda

― Polimertsement, polimerbeton va pol uchun choksiz qoplovchilar tayyorlashda bog`lovchi sifatida

― Muqova va jildlov ishlarini ishlab chiqarishda yelim sifatida

― Oziq-ovqat mahsulotlarini yelimga tegmaslik sharti bilan o`rashga mo`ljallangan qog`oz, karton va yog`ochdan tayyorlangan idishlarga yelim sifatida, hamda kiyim-kechak, oyoq-kiyim va boshqalar uchun idish tayyorlashda

― Sirtni qoplovchi sopol va fasad plitkalariga yelim sifatida, gazlamalarga pardoz berishda yakunlovchi qo`shimcha sifatida, shisha tola va shisha kanopli matolarni ishlab chiqarishda

― Oyoq-kiyim uchun karton ishlab chiqarishda yelimlovchi modda sifatida

― Mebel sanoati uchun yelim ishlab chiqarishda bog`lovchi sifatida

― Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda yelim sifatida

 

Qayta ishlash

PVA V dispersiyasidan foydalanishdan avval, uni bir turdagi massa hosil bo`lguncha qorishtirish yoki chayqash lozim. Yelimlanadigan yuzani changdan, smolali, yog`li dog`lardan va boshqa kirlardan tozalash darkor. Dispersiyani yelimlanadigan yuzaning bir qismiga yupqa qatlam asosida surtib, qolgan qismi bilan yopishtirish va biroz siqib turish kerak. Yelimlash mustahkamligiga talab yuqori bo`lganda, PVA V dispersiyasini har bir yuzaga surtish lozim bo`ladi. Imkon boricha press ostiga qo`yish talab etiladi. Yelimning sarf xarajati yelimlanadigan yuzaning tuzilishiga qarab 1m2 ga 50-200 gr.ni tashkil qiladi. Tavsiya qilingan havo harorati +10 °C dan past, nisbiy namlik esa 80% dan yuqori bo`lmasligi kerak. Ko`rsatilgan shartlar asosida yelim surtilgandan so`ng bir sutkadan keyin quriydi.

 

Xavfsizlik

Umumiy

Qayta ishlash jarayonida samarali havo almashinuvi hamda terini himoyalovchi vositalar va himoya ko`zoynagi ta`minlangan bo`lishi zarur. Mahsulot teriga/ko`zga tekkan hollarda, terini/ko`zni zudlik bilan toza suv bilan yaxshilab yuvib tashlash lozim. PVA V dispersiyasi yong`indan xavfsiz. Zaharli xususiyatlariga ko`ra 3 – guruhga kiradi, ya`ni xavfsiz modda.

 

Saqlash

PVA V dispersiyasini zich yopilgan idishda havo harorati +5 °C dan past bo`lmagan quruq xonada saqlash tavsiya qilinadi. Uni kuchli qizishiga va muzlashiga yo`l qo`ymaslik zarur. Muzlab qolgan dispersiyani issiq xona haroratida eritish yoki idishda +80 °C dan yuqori bo`lmagan temperaturagacha qizdirish lozim. Qorishtirish vaqtida ochiq olovdan foydalanmagan afzal. Saqlash vaqtida tiniq suyuqlik ajralish ehtimoli mavjud. Kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 12 oyni tashkil qiladi.

 

O`ram

Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan barcha PVA yelimlar, og`irligi 0.8 kg.li zamonaviy polietilen idishlarga va sanoat idishlariga: hajmi 40 dan 60 kg.gacha bo`lgan polietilen bochka yoki hajmi 200 kg.li po`lat bochkalarga, hamda xaridorlar bilan kelishilgan holda boshqa idishlarga ham qadoqlanadi.

 

Yuk tashish

PVA V dispersiyani zich yopilgan polietilen bochkalarda, - 40 °C dan past bo`lmagan havo haroratida tashiladi. Plastifikatorsiz dispersiyani tashish muddati, havo harorati 0 °С dan past bo`lgan temperaturada bir oydan oshib ketmasligi kerak.

 

DISPERSIYA

Uzacryl M20

Batafsil

PVA YELIMI

PVA M

Batafsil

PVA(D) YELIMI

PVA(D) VP

Batafsil

PVA YELIMI

PVA U 33

Batafsil

Site Login