PVA VP


PVAD VP YELIMI  

 

Polivinilasetat dispersiyasi (PVAD) – bu turli sohalarda qo`llaniladigan keng doirali mahsulotdir. U o`zida solishtirma og`irligi 1.1 g/sm3 bo`lgan, bir xil ko`rinishdagi quyuq oq suyuqlikni namoyon qiladi. Suv asosidagi vinilasetatning emulgator va polimerizatsiya reaksiyasi tashabbuskori ishtirok etgan, plastifikatorli yoki plastifikatorsiz polimerizatsiyasi mahsuloti hisoblanadi.

PVAD VP ishlatishga tayyor bo`lib, amalda cheksiz foydalanish xususiyatiga ega. U o`zining egiluvchanligi, yelimlangan choklarning mustahkamligi, yorug`lik va zamburug`larga chidamliligi bilan ajralib turadi va zaharsiz hisoblanadi. O`zining universal adgezion va bog`lash xususiyati, eskirishga chidamliligi, yuqori yopishishi va ekologik mahsulot bo`lgani tufayli, polivinilasetat dispersiyasidan sanoat, qurilish va ro`zg`orda keng qo`llaniladi. Shuning uchun ham uni “mingta imkoniyatlar” mahsuloti deb bejizga aytishmagan.

 

Kimyoviy tarkibi

Suv asosli plastifikatorli polivinilasetat dispersiyasi

 

Xususiyatlari

― Yelimlanadigan materiallarga oson surtiladi

― Qatlamningshaffofligi va yuqori egiluvchanligi

― Yuqori yopishishqobiliyati

― Egiluvchan yelimli chok hosil qiladi

― Mexanik qorishtirishlarga barqaror

― Suv va ishqorga chidamli

― Zaharli emas, quriganidan so`ng qatlam o`zidan zararli moddalar chiqarmaydi

 

Mahsulot tarkibi

PVAD VP yelimining TSh 64-15329272-01:2003 (№1,2,3,4 O`zg. bilan) va GOST 18992-80 bo`yicha asosiy texnik ko`rsatkichlari

Tashqi ko`rinishi

Zarrachalar o`lchami 1—3 mkm.li, quyqa va boshqa qo`shimchalarsiz bo`lgan oq rangli quyuq suyuqlik. Tashqi yupqa qatlam ruxsat etiladi.

Qattiq modda tarkibi

52 %

Dispersiyaning dinamik quyuqligi

3.0 – 10.0 mPa•s

pH ko`rsatkichi

4.5 – 6.0

Sovuqqa chidamliligi, davr, (muzlashi - erishi) kam emas

Sovuqqa chidamli emas

Suyultirilgandan so`ng cho`kishi

6 %

Yelimlash qobiliyati

500 (0.5) kgs/sm

Plastifikator

Ishtirok etgan

 

Qatlam tarkibi     

Qatlamning tashqi ko`rinishi

Shaffof

Egiluvchanlik

Yaxshi

Ishqalanishga qarshilik

Yuqori

Yorug`likka chidamlilik

Mustahkam

 

Qo`llash sohalari           

PVAD VP quyidagilarni tayyorlashda universal bog`lovchi hisoblanadi:

― Turli xildagi teri va attorlik buyumlarini (ayollar sumkasi, hamyonlar va boshqalarni) tayyorlashda                                        yelim sifatida

― Qog`oz, karton, yog`och, fanera va ip gazlama matolarga yelim sifatida, gofrakarton va yog`och, karton va qog`ozdan yasalgan idish va o`ramlar ishlab chiqarishda, hamda etiketkalarni (oziq-ovqat sanoatidan tashqari) yopishtirishda

― Suvli emulsiya bo`yoqlarida bog`lovchi sifatida

― Muqova va jildlov ishlarini ishlab chiqarishda yelim sifatida

― Oziq-ovqat mahsulotlarini yelimga tegmaslik sharti bilan o`rashga mo`ljallangan qog`oz, karton va yog`ochdan tayyorlangan idishlarga yelim sifatida, hamda kiyim-kechak, oyoq-kiyim va boshqalar uchun idish tayyorlashda

― Sirtni qoplovchi sopol va fasad plitkalariga yelim sifatida, gazlamalarga pardoz berishda yakunlovchi qo`shimcha sifatida, shisha tola va shisha kanopli matolarni ishlab chiqarishda

― Oyoq-kiyimning ichki qismi uchun mo`ljallangan materiallarga polimer qoplovchi sifatida

― Oyoq-kiyim uchun karton ishlab chiqarishda yelimlovchi modda sifatida

― Mebel sanoati uchun yelim ishlab chiqarishda bog`lovchi sifatida

― Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda yelim sifatida

 

Qayta ishlash

PVA VP dispersiyasidan foydalanishdan avval, uni bir turdagi massa hosil bo`lguncha qorishtirish yoki chayqash lozim. Yelimlanadigan yuzani changdan, smolali, yog`li dog`lardan va boshqa kirlardan tozalash darkor. Dispersiyani yelimlanadigan yuzaning bir qismiga yupqa qatlam asosida surtib, qolgan qismi bilan yopishtirish va biroz siqib turish kerak. Yelimlash mustahkamligiga talab yuqori bo`lganda, PVA VP dispersiyasini har bir yuzaga surtish lozim bo`ladi. Imkon boricha press ostiga qo`yish talab etiladi. Yelimning sarf xarajati yelimlanadigan yuzaning tuzilishiga qarab 1m2 ga 50-200 gr.ni tashkil qiladi. Tavsiya qilingan havo harorati +10 °C dan past, nisbiy namlik esa 80% dan yuqori bo`lmasligi kerak. Ko`rsatilgan shartlar asosida yelim surtilgandan so`ng bir sutkadan keyin quriydi.

 

Xavfsizlik

Umumiy

Qayta ishlash jarayonida samarali havo almashinuvi hamda terini himoyalovchi vositalar va himoya ko`zoynagi ta`minlangan bo`lishi zarur. Mahsulot teriga/ko`zga tekkan hollarda, terini/ko`zni zudlik bilan toza suv bilan yaxshilab yuvib tashlash lozim. PVA VP dispersiyasi yong`indan xavfsiz. Zaharli xususiyatlariga ko`ra 3 – guruhga kiradi, ya`ni xavfsiz modda.

 

Saqlash

PVA VP dispersiyasini zich yopilgan idishda +5 °C dan past bo`lmagan quruq xonada saqlash tavsiya qilinadi. Uni kuchli qizishi va muzlashiga yo`l qo`ymaslik zarur. PVAD VP havo harorati 0 °C dan past bo`lganda muzlaydi va o`z sifat va xususiyatlarini yo`qotadi. Kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 12 oyni tashkil qiladi.

 

O`ram

Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan barcha PVA yelimlar, og`irligi 0.8 kg.li zamonaviy polietilen idishlarga va sanoat idishlariga: hajmi 40 dan 60 kg.gacha bo`lgan polietilen bochka yoki hajmi 200 kg.li po`lat bochkalarga, hamda xaridorlar bilan kelishilgan holda boshqa idishlarga ham qadoqlanadi.

 

Yuk tashish

PVA VP dispersiyani zich yopilgan polietilen bochkalarda, +5 °C dan past bo`lmagan havo haroratida tashiladi.

 

DISPERSIYA

Uzacryl M20

Batafsil

PVA YELIMI

PVA M

Batafsil

PVA(D) YELIMI

PVA(D) VP

Batafsil

PVA YELIMI

PVA U 33

Batafsil

Site Login