PVA M YELIMI
PVA M yelimi – bir tarkibli yelim kabi D2 og`irlik guruhiga kiradi va qog`oz, karton, teri va matolardan tayyorlangan buyumlarni va yog`ochni yog`ochga yelimlashda foydalaniladi. Linoleum, kovrolan, tashqi sirt plitkalari, qog`oz asosidagi sintetik devor qoplamalar, shisha tolali, vinil va qog`ozli gulqog`ozlar, po`kak, qurilish to`ri va bintlarni yelimlashda ham qo`llaniladi. Asosan DSP, DVP, MDF va boshqalarga dekorativ qog`oz qatlamli plastiklarni yelimlashda, hamda suv o`tkazmaslikni kuchaytirishda, betonli, suvoqli, va shpatlevkali asoslarni mustahkamligini oshirishda qo`llaniladi. Xususiyatiga ko`ra Celanese – Germaniyada ishlab chiqarilgan Mowilith DLR ga o`xshash.
Kimyoviy tarkibi
Suv asosli polivinilasetat dispersiyasi
Xususiyatlari
― Yelimlanadigan materiallarga oson surtiladi
― Qatlamning shaffofligi va yuqori egiluvchanligi
― Egiluvchan yelimli chok hosil qiladi
― Mexanik qorishtirishlarga barqaror
― Suv va ishqorga chidamli
― Suvga nisbatan oz singdiruvchan
― Zaharli emas, quriganidan so`ng qatlam o`zidan zararli moddalar chiqarmaydi
Qo`llash sohalari
PVA M quyidagilarni tayyorlashda universal bog`lovchi hisoblanadi:
― Rom va eshiklarni yelimlashda
― Parketlar tayyorlashda
― Bo`luv devorlarini ishlab chiqarishda
― Narvon va zinalar yasashda
― Qatlamli plitalarni yelimlashda
― Chokli bog`lamlarni yelimlashda
― Qattiq va tropik turdagi yog`ochlarni yelimlashda
― Yuqori tezlikli yelimlashda
Mahsulot tarkibi
PVA M yelimining TSh 64-15329272-01:2003 (№1,2,3,4 O`zg. bilan) va GOST 18992-80 bo`yicha asosiy texnik ko`rsatkichlari
Tashqi ko`rinishi
|
Zarrachalar o`lchami 1—3 mkm.li, quyqa va boshqa qo`shimchalarsiz bo`lgan oq rangli quyuq suyuqlik. Tashqi yupqa qatlam ruxsat etiladi.
|
Qattiq modda tarkibi
|
50%
|
Brookfieldbo`yicha quyuqlik (LVDV II+ PRO) shp. 63/20 a/d
|
6000 – 15000cps
|
pH ko`rsatkichi
|
6.0 - 8.0
|
Qatlam hosil bo`lishning minimal temperaturasi
|
taxminan + 3, °С
|
Qatlamning qattiqlashish temperaturasi
|
taxminan + 18, °С
|
Yelimlash qobiliyati
|
500 (0.5)kgs/sm
|
Plastifikator
|
Ishtirok etgan
|
Qatlam tarkibi
Qatlamning tashqi ko`rinishi
|
Shaffof
|
Egiluvchanlik
|
Yaxshi
|
Ishqalanishga qarshilik
|
Yuqori
|
Yorug`likka chidamlilik
|
Mustahkam
|
Qayta ishlash
PVA M yelimidan foydalanishdan avval, uni bir turdagi massa hosil bo`lguncha qorishtirish yoki chayqash lozim. Yelimlanadigan yuzani changdan, smolali, yog`li dog`lardan va boshqa kirlardan tozalash darkor. PVA Mni yelimlanadigan yuzaning bir qismiga yupqa qatlam asosida surtib, qolgan qismi bilan yopishtirish va biroz siqib turish kerak. Yelimlash mustahkamligiga talab yuqori bo`lganda, yelimni har bir yuzaga surtish lozim bo`ladi. Imkon boricha press ostiga qo`yish talab etiladi. Yelimning sarf xarajati yelimlanadigan yuzaning tuzilishiga qarab 1m2 ga 50-300 gr.ni tashkil qiladi. Tavsiya qilingan havo harorati +10 °C dan past, nisbiy namlik esa 80% dan yuqori bo`lmasligi kerak.
Xavfsizlik
Umumiy
Qayta ishlash jarayonida samarali havo almashinuvi hamda terini himoyalovchi vositalar va himoya ko`zoynagi ta`minlangan bo`lishi zarur. Mahsulot teriga/ko`zga tekkan hollarda, terini/ko`zni zudlik bilan toza suv bilan yaxshilab yuvib tashlash lozim. PVA M yelimi yong`indan xavfsiz. Zaharli xususiyat - lariga ko`ra 3 – guruhga kiradi, ya`ni xavfsiz modda hisoblanadi.
Saqlash
PVA M yelimini zich yopilgan idishda havo harorati +5 °C dan past bo`lmagan quruq xonada saqlash tavsiya qilinadi. Uni kuchli qizishiga va muzlashiga yo`l qo`ymaslik zarur. Kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 12 oyni tashkil qiladi.
O`ram
Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan barcha PVA yelimlar, og`irligi 0.8 kg.li zamonaviy polietilen idishlarga va sanoat idishlariga: hajmi 40 dan 60 kg.gacha bo`lgan polietilen bochka yoki hajmi 200 kg.li po`lat bochkalarga, hamda xaridorlar bilan kelishilgan holda boshqa idishlarga ham qadoqlanadi.
Yuk tashish
PVA M yelimi zich yopilgan polietilen bochkalarda, +5 °C dan past bo`lmagan havo haroratida tashiladi.
|